05 mar 12:55
Yangiliklar
Maxachevning menejeri Islamning mag'lubiyati yo'q UFC jangchisiga qarshi oktagonga chiqishiga munosabat bildirdi
Rossiyalik 34 yoshli Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz o'z mijozining navbatdagi raqibi yarim o'rta vazn toifasi reytingida uchinchi o'rinni egallab turgan ekvadorlik 26 yashar UFC’ning mag'lubiyatsiz jangchisi Maykl Morales ekani va ularning jangi 12 iyul kuni Las-Vegas (Nevada shtati, AQSH) shahrida bo'lib o'tishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
"Feyk yangiliklar", deb yozdi Abdel-Aziz o'zining X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida.
Ayni paytda Maxachev UFC’da 16 ta g'alabali seriya qayd etmoqda. Islam hisobida jami 28 g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. U oxirgi jangini UFC 322 turnirida avstraliyalik Jek Della Maddalenaga qarshi o'tkazib, g'alaba evaziga o'rta vazn toifasidagi UFC chempionligini qo'lga kiritgandi.

Fikrlar