So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

19 may 19:21
Yangiliklar

Bolalar sporti

Maxsus ishchi guruh Qorasuv shahridagi holatni o'rgandi

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining maxsus ishchi guruhi azolari bugunning o'zida viloyatning Qorasuv tumanini ham o'rganishdi.

Ushbu o'rganishlar natijasiga ko'ra Andijon viloyatida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish dasturi ishlab chiqiladi hamda viloyatda sport rivoji yangi bosqichga ko'tariladi.

Qorasuv shahar 2-sonli bolalar-o'smirlar sport maktabi 2016 yilda foydalanishga topshirilgan. Bu erda ayni vaqtda 812 nafar yoshlarga 28 nafar trener saboq berib kelmoqda. SHundan 6 nafari oliy malumotli, yana shunchasi tugallanmagan oliy malumotli, qolganlar esa o'rta-maxsus malumotga ega mutaxassislardir. Oliy malumotga ega bo'lmagan trenerlarni bosqichma-bosqich o'qitish va oliy malumotga ega bo'lgan murabbiylar sonini oshirish bo'yicha ham topshiriq berildi.

Bolalar-o'smirlar sport maktabida sportning boks, erkin kurash, belbog'li kurash, stol tennisi, gandbol yo'nalishlari ancha ommalashgan. Buni ushbu sport to'garaklariga azo yoshlar ko'pligidan ham bilib olish qiyin emas. Birgina erkin kurash sporti bilan 150 nafarga yaqin yoshlar shug'ullanib kelmoqda. SHundan 9 nafari turli yosh toifalarida respublika chempioni, uch nafari esa O'zbekiston terma jamoalari azosi sanalishadi. Qolaversa, belbog'li kurash va boks bo'yicha ham ikki nafar qiz mamlakat o'smirlar terma jamoasiga qabul qilingan.

Bolalar-o'smirlar sport maktabida bitta sport zal mavjud bo'lib, aksariyat sport turlari bo'yicha to'garaklar o'sha erda faoliyat olib boradi. SHuningdek, mahalliy tadbirkor bilan kelishgan holda erkin kurash turi bilan shug'ullanish uchun ham sharoitlar yaratilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing