22 mar 15:00
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				 
				
			 
				Mayami (WTA 1000). 17 yoshli Andreeva raqibasiga ikkita geym berdi
Dunyoning oltinchi raketkasi Mirra Andreeva AQSHning Mayami shahrida o'tkazilayotgan nufuzli turnirning uchinchi davrasiga yo'l oldi. 
			Rossiyalik 17 yoshli Mirra WTA reytigining 52-pog'onasida borayotgan vatandoshi Veronika Kudermetovani ortiqcha qiyinchiliksiz mag'lubiyatga uchratdi - 6/0, 6/2. Bu hamyurtlarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi edi.
Oltmish sakkiz daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham 4 tadan eys zarbasni amalga oshirgan. Andreeva ketma-ket 13-uchrashuvida g'alaba qozondi. Uning keyingi raqibasi amerikalik Amanda Anisimova bo'ladi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
             
			
Fikrlar