10 noy 08:49
Yangiliklar
Mayk Tayson hech kim mag'lub eta olmaydigan bokschini aytdi
Temir Maykning aytishicha, yarim og'ir vazn toifasida WBC chempioni Devid Benavides o'z divizionidagi istalgan bokschini mag'lub etishga qodir ekan.
"Men uning har bir jangidagi g'alabasi uchun pul tikaman. Unga past baho berishadi, u haqidagi fikrlar qutblangan. Menga qarang, men ham uning vaznida bo'lsam, unga qarshi chiqishga qo'rqqan bo'lardim. Unga qarshi jangda hech kimning imkoniyati yo'q. Bu fakt!", - dedi Tayson ESNews’ga bergan intervyusida.
Amerikalik 28 yoshli Benavides 22 noyabr kuni Entoni Yardga qarshi jangda chempionlik kamarini ilk bor himoya qiladi. Yarim og'ir vazn toifasining ikki etakchisi Dmitriy Bivol yoki Artur Beterbievga qarshi jangi tomoshabinlar va promouterlar uchun qanchalik jozibali bo'lishi uning ushbu jangdagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi.

Fikrlar