06 iyu 19:58
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson oradan 13 yil o'tib, bir haqiqatni tan oldi
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson mashg'ulotlarning birida mashhur amerikalik murabbiy Freddi Rouchni nokaut holatiga tushirib qo'ygan ekan.
Oradan 13 yil o'tib, Tayson ham, Rouch ham bu voqeani eslashdi. Bu holat 2003 yilning fevral oyida Taysonning Klifford Etenga qarshi jangga tayyorgarlik jarayonidagi mashg'ulotda yuz bergan.
Rouchning aytishicha, u Maykning o'ta kuchli zarbasini o'tkazib yuborganidan so'ng ancha vaqtgacha o'ziga kela olmagan.
"Ha, o'shanda bu ishimdan qattiq xafa bo'lgandim. Lekin bu mashg'ulot jarayonidagi bir ko'ngilsiz holat edi. Freddi o'shanda meni to'g'ri tushungan va hammasi joyida bo'lishini aytgandi", - dedi Temir Mayk.
Havola :
Fikrlar