18 apr 08:26
Yangiliklar
Mayk Tayson qaysi jang faoliyatidagi eng qiyini bo'lganini aytdi
Mayk aytgan jang 1987 yilning 30 may kuni Las-Vegas (AQSH) shahrida bo'lib o'tgan hamyurti Pinklon Tomasga qarshi jang bo'lib chiqdi. O'shanda 20 yoshli Tayson oltinchi raundda texnik nokaut evaziga g'alaba qozonib, WBC va WBA chempionlik kamarlarini himoya qilgandi.
“Menimcha, bu Pinklon Tomas edi, u mening eng qiyin raqibim bo'lgan. Men bu haqda o'ylamagan edim, lekin ikki yil oldin do'stim menga ko'rsatgan videoni ko'rib chiqdim. Men uning yuziga 17 marta zarba berdim va u yiqildi, lekin bu 17 ta zarbadan keyin edi!
Bu zarbalarning barchasi imkon qadar kuchli bo'lgan va u oxirgi zarbadan keyingina xushini yo'qotdi. Va men o'yladim: Bu mening eng qiyin jangim, u jag' qismiga berilgan 17 ta zarbaga bardosh berdi!".
Bu haqda Tayson History Bites YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o'tdi.
Fikrlar