17 mar 15:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson SHakur Stivensonni mag'lub eta oladigan yagona bokschi kimligini aytdi
Afsonaviy Mayk Tayson WBA versiyasi bo'yicha engil vazndagi sobiq chempion Jervonta Devis haqida yuqori fikr bildirdi.
"Devis — ajoyib jangchi. U avvalgidek holatini saqlab qolganmi — bilmayman, ammo eng yaxshi davrida u shunchaki dahshatli edi — unga deyarli hech kim teng kela olmasdi. Balki, SHakur yoki Keyshonga qarshi jangda unda imkoniyat bo'ladigan yagona inson shu. "Tank" — ringda haqiqiy dahshat. Unga munosib baho berish kerak: u haqiqiy erkak", — dedi Tayson.
Havola :
Manba : Fight Hub
Fikrlar