13 iyu 08:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Mayk Tayson: "Xeyni Lomachenko ustidan adolatli g'alabaga erishgan"
Boks bo'yicha sobiq mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson amerikalik Devin Xeyni hamda ukrainalik Vasiliy Lomachenko o'rtasidagi jang natijasiga izoh berdi.
Engil vaznda mutlaq jahon chempionligi uchun kechgan jangda hakamlar (115:113, 115:113, 116:112) qarori bilan Xeyni g'alaba qozongan edi.
"Bu bahsda durang qayd etilishi mumkin edi, ammo Lomachenko jang qilmadi. U o'z harakatlari bilan Xeynining unvonlarini olish huquqiga ega ekanligini ko'rsata olmadi. Menimcha, jangda Xeyni g'alaba qozondi", - dedi Tayson.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar