26 mar 08:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Maykl CHendler: "Konor haqida allaqachon unutganman. Bu 10 yil oldin bo'lgandek tuyulyapti"
UFC jangchisi Maykl CHendler irlandiyalik Konor Makgregor bilan jang qilishga umid qilmayotganini tan oldi.
"Men allaqachon Konor haqida unutganman. Bu go'yo 10 yil oldin bo'lgandek tuyulyapti. Besh oy ichida ikki marta jang qilishni rejalashtiryapman", — deb yozdi CHendler o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Konor va CHendler o'rtasida jang elon qilingandi. Ammo Konorning jarohati sabab ushbu jang amalga oshmadi.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar