03 jan 10:14
Yangiliklar
Boks/MMA
Maykl CHendler: "Oq uyda Konorga dars o'taman. Bu yil boshqacha bo'ladi"
UFC engil vazn toifasi jangchisi Maykl CHendler promoushenning Oq uyda o'tkaziladigan turniri doirasida Konor Makgregor bilan to'qnash kelishi ehtimolini tasdiqladi.
"SHunday deyman: bu yil katta yil bo'ladi. Birinchidan, endi UFC turniri Paramount+ orqali namoyish etiladi. Ikkinchidan, mish-mishlarga qaraganda, shu yozda men Konor Makgregorga Oq uyning Janubiy maysazorida eski uslubda, qattiq “saboq” bermoqchiman.
Hozircha bu malumotni tasdiqlash ham, inkor etish ham mumkin emas, ammo hamma narsa shu tomon ketyapti. Har holda, reja shunday", — dedi CHendler.
Oq uydagi UFC turniri 14 iyun kuni bo'lib o'tishi kutilmoqda. Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp kardda sakkiz yoki to'qqizta chempionlik jangi bo'lishini malum qilgan edi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar