So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

12 jan 09:25
Yangiliklar

Boks/MMA

Maykl Morales Maddalena yoki Maxachevga qarshi janglarga tayyor

Yarim o'rta vazn UFC reytingida to'rtinchi o'rinni egallab turgan ekvadorlik 26 yoshli Maykl Morales katta janglarga tayyorligini aytmoqda.

Morales bahor oylarida ushbu vazn toifasida sobiq UFC chempioni, noyabr oyida Islam Maxachevga kamarini boy bergan Jek Della Maddalenaga qarshi jang o'tkazishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq UFC Maxachevga yanvar oyida chempionlik kamarining birinchi himoyasini o'tkazishni taklif qilgandi. Ammo rossiyalik bundan bosh tortdi va aftidan, uning bu jangdagi raqibi hozircha mag'lubiyatsiz harakat qilayotgan Morales bo'lishi kerak edi.

"UFC menga mart yoki aprel oylarida Jek Della Maddalenaga qarshi ehtimoliy jang haqida xabar berdi, - dedi Morales ESPN Deportes nashriga bergan intervyusida. - O'ylashimcha, ular ham Maxachevga yanvarda men bilan jang qilishni taklif etishgan, biroq u rad etgan".

Islam Maxachevning o'zi Ramazon oyidan keyin UFC oktagoniga qaytishni rejalashtirmoqda, hozircha UFC navbatdagi chempionlikka davogar borasida sukut saqlayapti.

"Agar men Jek bilan jang qila olsam - bu tajriba orttirish uchun yana bir muhim qadam bo'lardi. Agar ular Maxachev bilan jang qilishni taklif etishsa, tabiiyki, men bunga bajonidil rozi bo'laman", - deya qo'shimcha qildi Morales.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing