So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

16 sen 12:13
Yangiliklar

Boks/MMA

Maykl Peyj: "Dog'istonliklar zerikarli jang ko'rsatishadi, lekin UFC`da qolishmoqda"

Teglar :  Maykl PeyjUFC
Nursulton Ro'ziboevning hozircha so'nggi raqibi Maykl Peyj nima uchun o'zi zerikarli janglari uchun UFC`dan chetlatilganini, holbuki undan ham zerikarliroq jangchilar tashkilot ro'yxatida qolayotganini tushunmayapti.

"Agar gap shunchaki uslubda bo'lsa, u holda kelib, uzoq vaqt davomida deyarli hamma narsani egallab olgan bazi dog'istonlik kurashchilarni eslash mumkin. Qaysidir manoda, odamlar ularning ijrosida ko'rgan narsalar ham ancha zerikarli tomosha sifatida qabul qilingan. SHunga qaramay, bu yigitlarga tashkilotda qolishga ruxsat berishadi va ular hamon shu erda", — dedi Peyj Arielb Xelvani bilan bo'lgan intervyusida.

Britaniyalik jangchini yana bir narsa — o'zining tashkilotdan haydalgani haqida ijtimoiy tarmoqlar orqali bilib olgani g'azablantirmoqda.

"Men bu haqda boshqalar bilan bir vaqtda bildim. Agar mening chiqishlarim sizga yoqmasa, men bilan gaplashing. Hech bo'lmaganda, shunda menda ustimda ishlash uchun maqsad bo'lardi va munosabatlarimiz qaysi bosqichda ekanligini aniq tushunardim. Men baribir muzokara stoliga o'tiramiz deb o'ylagandim. Hammasi aynan shunday hal qilinishini kutmagandim. Rostini aytsam, buni ancha hurmatsizlik sifatida qabul qildim", — deya qo'shimcha qildi "Venom".

SHunga qaramay, Peyj ishsiz qolishdan xavotirda emas, chunki takliflar etarli.

"Takliflar ketma-ket yog'ilib kelmoqda. Rostini aytsam, meni taklif qilmagan biror joy qolmagan deb o'ylayman. Kimni xohlasangiz ayting — ularning barchasi qiziqish bildirib, shunday deyishdi: "Biz uning nimalarga qodirligini bilamiz". Hozircha hech kimga "yo'q" demayapman. Avvaliga maqsadlarimni aniqlab olishim va ularga erishish uchun kim eng yaxshi hamkor bo'lishini tushunib olishim kerak", — deb xulosa qildi jangchi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing