05 sen 09:02
Yangiliklar
Boks/MMA

MDH o'yinlari. Bugun bokschilarimiz final bahslarini o'tkazadilar
Rossiya Federaciyasining Qozon shahrida ilk marotaba MDH o'yinlari o'tkazilmoqda.
Ushbu musobaqada Bekzod Xidirov boshchiligidagi o'zbekistonlik o'smir bokschilar ham qatnashishmoqda. Bugun musobaqa doirasida final bellashuvlari o'tkaziladi.
Unda 7 nafar bokschimiz oltin medal uchun kurash olib boradi:
-46 kg: Ilhomjon Ergashev
-48 kg: Javohir Qo'ysinov
-50 kg: Sayat Ilyasov
-54 kg: Farrux To'laganov
-57 kg: Qahramon Fozilov
-63 kg: Bunyodjon Amirov
+80 kg: Ravshanjon Soliev
Final bahslari Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.
Bungacha Umidillo Abdurasulov (-60 kg) va Jafarbek SHaxbozov (-66 kg) bronza medalini qo'lga kiritib ulgurishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar