10 sen 10:48
Yangiliklar
MDH o'yinlari. Jamoaviy bahslar qaysi vaznlarda o'tkaziladi?
Bugun musobaqaning ettinchi kungi bahslari doirasida dzyudo bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi jamoaviy bellashuvlarda medallar uchun kurashga kirishadi. "Ak Bars" yakkakurash markazida kechadigan dzyudo musobaqasida 6 davlat terma jamoalari o'z mahoratlarini namoyish etadilar.
Tashkilotchilar tomonidan jamoaviy bellashuvlar uchun qizlarda -48, -52, -63 -78, bolalarda esa -60, -66, -81 va -100 kg vazn toifalari tanlab olingan. Murabbiylar shtabi -63 kg vazn toifasida SHukurjon Aminovaga imkoniyat taqdim etishsa kerak. SHukurjon kecha -57 kg vaznda chempion bo'lgandi.
O'zbekiston terma jamoasi tarkibi:
-48 kg: Xalimajon Qurbonova
-52 kg: Yuliana Maksetbaeva
-63 kg: Farangiz Hojieva, SHukurjon Aminova
-78 kg: Irisxon Qurbonboeva
O'g'il bolalar
-60 kg: Kamoliddin Baxtiyorov
-66 kg: Dilshodbek Yo'ldoshev
-81 kg: Nurbek Murtozoev
-100 kg: Muzaffarbek To'raboev
Fikrlar