14 avg 23:35
Yangiliklar
Tokio-2020
Medallar jamg'arish bo'yicha 35-o'ringa ko'tarilib oldik
Bokschimiz Hasanboy Do'stmatovning qo'lga kiritgan oltin medalidan so'ng medallar jamg'arish jadvalida yaxshigina tepaga ko'tarildik.
Endi O'zbekiston terma jamoasi dunyoning 208 ta mamlakati orasida medallar jamg'arish bo'yicha 35-o'ringa ko'tarilib oldi.
Agar bugun Elmurot Tasmurodov bronza medalini qo'lga kiritadigan bo'lsa jadvalja yanada ko'tarilishimiz aniq.
Eslatib o'tamiz, hozirgacha Rio Olimpiadasida 1 ta oltin, 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdik.
Dzyudochilarimiz Diyorbek O'rozboev va Rishod Sobirov, shuningdek, bokschi Rustam To'laganovlar bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsalar, boshqa bir bokschimiz Hasanboy Do'stmatov oltin medal sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar