So’nggi yangiliklar

12:15Жавоҳир Синдаров 1 000 000 АҚШ доллар мукофот пулига эга турнирда қатнашади 0 11:54Дана Уайт: "Царукянни ҳайдаб юборишим мумкин эди" 0 11:33Массимилиано Аллегри А Серияда ой мураббийи деб топилди 0 11:12FIA билан ҳамкорлик янги даражага кўтарилади 0 10:51Конор Макгрегор тўрт нафар фарзандининг онасига уйланди + ФОТО 0 10:30Дзюдо бўйича Ўзбекистон чемпионатининг биринчи куни бешта вазнда ғолиблар аниқланди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 10:09Роналду дунёнинг машҳур фильмида рол ўйнайди 0 09:48Breaking news! Тайсон Фьюри қайтмоқда. Бокс олами Британия дербисига гувоҳ бўлади 0 09:27Шаҳобиддин Зоиров рингга чиққан турнирнинг асосий жангида нокаут қайд этилди 0 09:064th President Cup Masters 2025 халқаро шахмат турнири якунланди 0 08:45Лэмпард кетма-кет иккинчи ой энг яхшиси бўлди 0 08:24Автоспорт оламининг энг кучлилари Тошкентда тақдирланди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 08:012025 йилнинг сўнгги UFC турнири жангчилари тарозидан ўтишди 0 22:46Шаҳобиддин Зоиров IBA.PRO камари учун жанг қилди 0 19:51АПЛнинг ноябрдаги энг яхши мураббийи аниқ 0

17 noy 17:19
Yangiliklar

Futbol

Mehdi Hoshimnajot: "Ko'pchilik Misr finalga chiqadi deb o'ylagandi"

Eron terma jamoasi yarim himoyachisi Mehdi Hoshimnajot O'zbekistonga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirdi.

"SHukrki, hamma yaxshi holatda. Inshoolloh, finalda yaxshi o'yin ko'rsatib, xalqimizni xursand qila olamiz. Bizni final kutib turibdi. Gap sovrin haqida ketyapti. Albatta, final boshqa o'yinlardan farq qiladi.

Bilasiz, so'nggi marta O'zbekistonga qarshi o'ynaganimizda ikkinchi daqiqadanoq o'n kishi bo'lib qolgan edik. O'zbekiston esa o'tgan o'yinda ham o'zini yaxshi tomonlama namoyon etdi, rivojlanib borayotgan jamoa ekanini ko'rsatdi. Finalda shiddatli o'yin bo'ladi. Lekin biz ham katta nomlarga ega jamoamiz. Bor kuchimizni ishga solib, yaxshi natijaga erishishga harakat qilamiz.

Ko'pchilik Misr finalga chiqadi deb o'ylagandi. Lekin bizga yana O'zbekistonga duch keladigan bo'ldi. Eng muhimi – o'z o'yinimizni ko'rsata olish. O'zbekiston jahon chempionatida ishtirok etadigan jamoa hisoblanadi. Menimcha, muxlislar qizg'in o'yin guvohiga aylanadi", dedi 24 yoshli futbolchi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston va Eron o'rtasidagi Al Ain Cup finali 18 noyabr kuni Toshkent vaqqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing