11 fev 14:30
Yangiliklar
Futbol
Meksika terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Meksika terma jamoasi tvitterda Diego Kokka bosh murabbiy etib tayinlanganini malum qildi.
50 yoshli argentinalik avvalroq "Tigres"ni tark etgandi.
"Futbolga bo'lgan ishtiyoq va Meksikaga bo'lgan muhabbat bilan bugun biz birgalikda yangi tarix yozishni boshlaymiz", – deyiladi xabarda.
Kokka 1 yanvardan beri "Tigres" murabbiyi sifatida ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa bor-yo'g'i 5 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi xolos.
Meksika terma jamoasi JCH-2022dan chiqib ketganidan keyin bosh murabbiysiz qoldi. Xerardo Martino lavozimidan bo'shatildi.
Havola :
Manba : Keepup
Fikrlar