20 iyu 11:41
Yangiliklar
Meksikada 10 ta medal qo'lga kiritgan atletlarimiz O'zbekistonga qaytib kelishdi + FOTO
Meksikada bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan 4 nafar og'ir atletikachimizning barchasi yakunda sovrindor bo'lishdi.
Hamyurtlarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi masullari, OAV xodimlari hamda sportchilarning ota-onalari kutib olishdi.
Jahon chempionatida Diyorbek Ermatov 2 ta kumush va 1 ta bronza, Nigora Suvonova 3 ta kumush, Qudratbek Salimjonov 3 ta kumush, Abrorbek Marufbekov esa 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
SHu tariqa, mazkur musobaqada hamyurtlarimizning ishtiroki o'z yakuniga etdi. Unda 4 nafar sportchi bilan qatnashgan jamoamiz 8 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.
Fikrlar