06 mar 20:33
Yangiliklar
Boks/MMA

Melieva yaponiyalik kuchli raqibasini mag'lub etdi
Iordaniya poytaxti Amman shahrida boks bo'yicha Tokio-2020 Olimpiadasining Osiyo /Okeaniya mintaqasi uchun licenzion turniri davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, bugungi kun dasturidan to'rt nafar bokschimizning ringga chiqishi o'rin olgandi. Ulardan Bobousmon Baturov kunduzgi dasturda Yangi Zelandiya vakili Dominik Royni mag'lubiyatga uchratdi.
Hozirgina esa -69 kg vazndagi bokschi qizimiz Maftunaxon Melieva o'z jangini yakunladi. Hamyurtimiz yaponiyalik Mai Kitoga qarshi ringga chiqdi va Tokio Olimpiadasi mezbonini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. Uning keyingi raqibasi hindistonlik kuchli bokschi, jahon va Osiyo chempionati sovrindori bo'ladi.
Birozdan so'ng -75 kg vazn toifasidagi bokschimiz Navbahor Hamidova qozog'istonlik Nadejda Ryabecga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar