13 mar 09:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Meliqo'ziev Kaneloga qarshi jangda Bivolga maslahat berdi
Bektemir Meliqo'ziev o'z divizionida WBA Super chempioni unvon sohibi Dmitriy Bivol hamda o'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Saul Alvares o'rtasidagi jangni intiqlik bilan kutayotganini aytdi.
Meliqo'ziev muxlislar qiziqarli uslublar to'qnashuvini ko'rishini taxmin qilmoqda va Bivolga odatdagidek harakat qilishni maslahat bermoqda.
“Bu juda yaxshi jang bo'ladi. Ularning turli uslublari bor va bu juda yaxshi jang bo'ladi. Albatta, Kanelo pound-of-pound yulduzi. Lekin Bivol ham ajoyib jangchi. Ularning to'qnashuvi hamma uchun qiziqarli bo'ladi. Bivol o'zida bo'lishi va har doimgidek ishlashi kerak”, - deydi Bektemir Meliqo'ziev.
Eslatib o'tamiz, Saul Alvares va Dmitriy Bivol o'rtasidagi to'qnashuv 7 may kuni bo'lib o'tadi. Gennadiy Golovkin aprelda Riota Muratni mag'lub etsa va o'z o'rnida Saul ham Bivol ustidan g'alaba qozonsa, ular o'rtasidagi trilogiya kuzda tashkil etiladi.
Havola :
Manba : olamsportcom
Fikrlar