06 jan 12:53
Yangiliklar
Boks/MMA
Meliqo'ziev, Madrimov va Ahmadaliev AQSHda birgalikda mashg'ulot olib bormoqda (FOTO)
O'zbekistonlik professional bokschilar shu kunlarda okean ortida bo'lajak janglariga tayyorgarlikni davom ettirishyapti.
Kaliforniya shtatining Indio shaharchasida tashkil etilgan yig'inda super o'rta vazn toifasida WBA kamari uchun majburiy davogar Bektemir Meliqo'ziev, super yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi bo'yicha sobiq jahon chempioni Isroil Madrimov hamda ikkinchi eng engil vazn toifasida WBA, IBF kamarlarining sobiq sohibi Murodjon Ahmadaliev ishtirok etmoqda.
Ular orasidan hozircha faqatgina Madrimovning navbatdagi jangi tasdiqlangan. U 25 yanvar tongida Las-Vegas shahridagi Fontainebleau majmuasida tashkil etiladigan boks oqshomi doirasida Dominikan Respublikasi vakili Luis Devid Salazarga qarshi ringga ko'tariladi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar