08 jan 18:07
Yangiliklar
Boks/MMA
Meliqo'zievning vaznidagi yana bir yulduz bokschi Krouforddan qolgan kamar uchun jang qilishdan voz kechdi
Meksikalik bokschi Xayme Mungiya (45-2, 35 KO) kubalik Osleys Iglesias (14-0, 13 KO) bilan ikkinchi o'rta vaznda vakant bo'lib turgan IBF chempionlik kamari uchun jang qilishdan bosh tortdi.
The Ring nashri malumotiga ko'ra, Iglesiasning promouteri — Eye of The Tiger Management rahbari Kamil Estefan IBF'dan taklif xati kelganidan so'ng bor-yo'g'i besh daqiqa ichida jangga rozilik bildirgan.
Ammo Mungiya bilan hamkorlik qiluvchi Zanfer Promotions kompaniyasi bir necha soat o'tib, jangdan rasman voz kechgan. SHu sababli, IBF endi Osleys Iglesias uchun reytingdagi boshqa bokschilar orasidan yangi raqib izlaydi.
Avvalroq, sobiq chempion Saul Alvares jarohat sababli Iglesias bilan jang qilishni istamagandi.
Havola :
Manba : The Ring
Fikrlar