13 iyu 16:58
Yangiliklar
Boks/MMA

"Men hech qachon katta janglardan qochmaganman". Bektemirning sobiq raqibi Golovkindan revansh olmoqchi
Amerikalik bokschi Gabriel Rosadoning aytishicha, o'zbekistonlik umidli bokschi Bektemir Meliqo'ziev ustidan g'alaba qozonganidan so'ng o'rta vaznning etakchi vakillaridan biri bilan jang o'tkazishni xohlamoqda.
IBF/IBO bo'yicha jahon chempioni Gennadiy Golovkin 2013 yildayoq Rosado bilan ringda uchrashgan va uni nokaut qilgan.
"Jermell CHarlo, Xayme Mungiya, Gennadiy Golovkin, Kanelo Alvares - kimga qarshi bo'lsa ham jang qilishni xohlardim. Men katta janglarni istayman. Men hech qachon nufuzli to'qnashuvlardan qochmaganman.
Men Mungiya bilan jang qilishni xohlayman, u ham menga qarshi ringga chiqmoqchi. Xo'sh, nima uchun bu jang bo'lmasligi kerak? O'ylaymanki, bu jang sentyabr yoki oktyabr oyida bo'lib o'tadi. Yaqinda u jangida osongina nokaut bilan g'alaba qozondi. Men ham xuddi shu ishni amalga oshirdim, keling, biz jang qilamiz", - dedi Rosado AB Boxing News'ga bergan intervyusida.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar