03 iyu 15:44
Yangiliklar
"Men Irlandiya MMAsining navbatdagi superyulduziman" - Ian Garri
Garri navbatdagi jangini 16 avgust kuni AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadigan UFC 330 turnirida yarim o'rta vazn toifasining amaldagi chempioni Islam Maxachevga qarshi o'tkazadi.
"Irlandiyalik sifatida 16 avgust kuni ushbu kamarni qo'lga kiritganimda butun mamlakat ortimda turishini xohlayman. Men UFC’ni Irlandiyaga qaytarib keladigan inson bo'lmoqchiman. Bunga ancha vaqt bo'ldi. Men uzoq yillardan beri irland MMAsining bayrog'ini ko'tarib kelyapman. Keyingi jangdan so'ng UFC tarixidagi eng ko'p g'alaba qozongan irlandiyalikka aylanaman. Hisobimda 11 ta g'alaba bo'ladi.
Men UFC’ni Irlandiyaga qaytarishni istayman va bu haqda ilk kundanoq gapirib kelaman. Men irland MMAsining navbatdagi superyulduziman va ikkinchi to'lqinga etakchilik qilaman. Turnirni Dublinga yoki UFC shou o'tkazish mumkin deb hisoblagan istalgan joyga qaytarishni xohlayman. CHunki bu muxlislar bunga loyiq", — dedi Garri Heavy.com nashriga.
Fikrlar