So’nggi yangiliklar

01:25Ўзбекистон терма жамоаси Ливерпулдаги ЖЧни 11 та медаль билан якунлади 0 01:17Жаҳонгир Зокиров ЖЧ кумуш медалини қўлга киритди 0 00:23Акмалжон Исроилов мезбон боксчини мағлубиятга учратиб, ЖЧ олтин медалини қўлга киритди 0 23:00Навбаҳор Ҳамидова Жаҳон чемпионатининг кумуш медалига эга чиқди 0 22:39Абдумалик Халоков - кетма-кет иккинчи маротаба ЖЧ олтин медалига эга чиқди 0 22:25АПЛ. "Манчестер Сити" ва Абдуқодир Ҳусанов "Манчестер Юнайтед"ни йирик ҳисобда мағлуб этди 0 19:51Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди 0 19:30ЖЧ-2025: Тўрабек Хабибуллаев Ўзбекистонга тўртинчи олтин медални тақдим этди! 0 19:12Жавоҳир Умматалиев фаолиятидаги илк Жаҳон чемпионатида олтин медалга эга чиқди! 0 18:42Ўзбекистон ёшлар терма жамоаси 14 та медал билан Осиё чемпионатини 1-ўринда якунлади 0 18:20Асадхўжа Мўйдинхўжаев — икки карра Жаҳон чемпиони! 0 18:00"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти 0 17:39Шаҳрам Ғиёсов Муроджон Аҳмадалиевни қўллаб-қувватлади (ФОТО) 0 17:03Муроджон Аҳмадалиевнинг Наоя Иноуэга қарши мутлақ чемпионлик жанги тўлиқ давом этди 0 16:06"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин 0

02 apr 19:04
Yangiliklar

Boks/MMA

Men qishloqdanman, urishishni yaxshi ko'raman. UFCning eng yorqin jangchisi haqida

Teglar :  Jastin GetjiMMAUFC
Jastin Getji. Bu nomni eslab qoling. SHunday jangchilar uchun ham siz MMAni yaxshi ko'rasiz.

Jastin Getji 30 yoshda, MMAda 2011 yilda debyut qilgan. Yigirmata jangda g'alaba qozongan, ikkitasida mag'lub bo'lgan. Faoliyatidagi eng yorqin jangni shu yili UFC ESPN2 turnirida o'tkazdi. Jastin Getji hamda Edson Barboza o'rtasidagi jang UFCning barcha muxlislariga yoqdi. Qahramonimiz jangning birinchi raundida o'ng huk zarbasi bilan raqibini nokaut qildi. Jang yakunlangandan so'ng matbuot anjumanida Jastin engil vazn toifasida UFC chempioni Xabib Nurmagomedovni oktagonga chorladi. "CHempion bo'lishni xohlayman.CHempionlik jangiga chiqmoqchiman. Men Xabib uchun haqiqiy havfman”, - dedi Jastin Getji.

"Nimaga siz bunchalik ishonch bilan fikr bildiryapsiz?" deb berilgan savolga, "Men teykdaundan qochishni yaxshi bilaman, juda tezkorman. Xabib mendakalar bilan hali jang qilmagan” deb javob qaytardi. 

Getji UFCga 2017 yilda keldi, UFCga qadar u PFL musobaqalarida ishtirok etar va u erda chempion hisoblanardi. Jastinning debyut jangidagi raqibi tajribali, olti yildan beri UFCda ishtirok etayotgan Maykl Jonson bo'ldi. Ikki jangchi ham dahshatli jang tashkil qilib berishdi. Getji raqibini ikkinchi raundda tirsak zarbasi bilan nokaut qildi. Getji bu jangi uchun ikkita bonus oldi (har bir bonus 50 ming dollar). SHuningdek, bu jang Sherdog, Bloody Elbow va MMAJunkie tashkilotlar tomonidan yil jangi deb elon qilindi. 

G'alabadan so'ng Jastin Getji ikkita jangda mag'lub bo'ldi. Dastlab 2017 yilning dekabr oyida Eddi Alvares tomonidan nokautga uchratildi. 2018 yilning aprel oyida Dastin Porega imkoniyatni boy beradi. Ammo, har ikki bahs ham UFC 218 va UFC ON Fox turnirlarining eng yaxshi jangi deb elon qilingan. Getjining urishish usuli oddiy, raqibini butunlay uradi yoki o'zi shunday bo'ladi. 

2018 yil avgustida Jastin Jeyms Vikka qarshi oktagonga chiqdi. Jeyms Vik mashhur jangchi emas, lekin Getjiga qadar UFCda ketma-ket to'rtta jangda g'alaba qozongandi. Getji raqibini dastlabki raundning ikkichi daqiqasidayoq kuchli zarbalari bilan nokaut qildi. SHubhasiz, bu jang uchun ham oqshomning eng yorqin g'alabasi uchun bonusni oldi. SHuningdek, Getji Barbosa bilan bo'lgan jang uchun ham bonuslar oldi. Hisoblarga qarasak, Getji UFCda oltita jang o'tkazib, ularning beshtasida oqshom jangi bonuslarni olgan.

«Agar siz mening jangimga bormasangiz, butun umrga pushaymon bo'lasiz», - deb takidladi Barbosa ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng.

Hozirgi vaqtda Jastin Getji UFCda eng yorqin jangchi. SHunday jangchilar uchun ham muxlislar MMAni yoqtirishadi, shunday jangchilar uchun ham MMAni eng qonli sport turi sifatida ko'rishadi.

Jastin Getji Safford shaharchasida, Arizona shtatida tug'ilgan. To'rt yoshligidan erkin kurash bilan shug'ullangan.

«Men qishloqdanman, urishishni yaxshi ko'raman»,-degan Getji. 2010 yilda NSAAda ettinchi o'rini egallaydi, bundan bir umr faxrlanishini takidlagan. Jastin kurash usullari bilan katta bo'lgan, lekin MMAga kelgandan so'ng uning asosiy quroli kuchli zarbalar bo'ldi. Jastin teykdaundan qochish bo'yicha UFCda rekordchi hisoblanadi. Bunga sabab sifatida Getjiga raqiblik qilgan jangchilarning asosiy urishish usullari turib jang qilish bo'ldi. 

Getji tezroq Xabib bilan jang qilishni istamoqda. Lekin, Nurmagomedovning keyingi jangi u bilan bo'lmasligi aniq. Jastin Getji uchun hozirda eng qiziqarli jang Konor Makgregor bilan bo'ladi. CHunki har ikki jangchi ham urishishni yaxshi ko'radi.

Nig'monxo'ja Nozimov tayyorladi


Reyting:    

Fikrlar

   
03 apr 09:42:42
Sher8989
энг кизик жанг Сонор vs Гэтжи булса ажабмас...
   
02 apr 20:08:55
JasurBeK
Jastinni janglarini ko'rish maroqli . Muhlislarbop ochiq jang qiladi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing