02 jan 19:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer: "CHempion Resendis Bektemir bilan jang qilmoqchi emas, lekin..."
Bektemir Meliqo'zievning menejeri Alik Frolov bokschining bo'lg'usi chempionlik jangida ishtirok etishi bilan bog'liq savollarga javob qaytardi.
Ilgariroq, ikkinchi super o'rta vazn toifasidagi WBA kamari uchun hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev majburiy davogarga aylangani haqida xabar berilgandi. Kamar meksikalik Armando Resendisga tegishli bo'lib turibdi.
"Bektemir majburiy davogar maqomiga erishgan bo'lsa-da, hozircha jang bo'yicha hech qanday kelishuv yo'q. Muzokaralar olib borilmoqda. Resendis jamoasi Bektemir bilan jang qilish niyatida emas. Biroq biz unga boshqa jangda ishtirok etishiga ruxsat bermaymiz. Agar kelishuvga erishilmasa, tashkilot promouterlik aukcionini belgilaydi", deydi Frolov.
Havola :
Manba : t.me/BoxerTV
Fikrlar