25 mar 19:30
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer Islam Maxachevning keyingi raqibi kim bo'lishini malum qildi
Yarim o'rta vazn toifasida rossiyalik UFC chempioni Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz mijozining navbatdagi jangi bo'yicha malumot berdi.
Unga ko'ra, Maxachev joriy yozda oktagonga qaytadi.
Abdel-Aziz Islamga yarim o'rta vazn toifasi reytingidagi birinchi raqamli davogar raqib bo'lishini aytgan. Hozirda reytingda sobiq chempion Jek Della Maddalena birinchi o'rinda bormoqda.
"Islamga yarimo'rta vazn toifasida boshqa jang taklif qilishdi. Bu oqshomning markaziy jangi bo'lishi kerak edi. U jarohat sabab iyul oyida jang qilishga tayyorligini aytdi.
Agar Topuriyaga qarshi jangni iyun oyi uchun taklif qilishganida, u bitta oyoq bilan bo'lsa ham jang qilishi mumkin edi. Ammo endi unda birinchi raqamli davogar bilan jang bo'yicha reja bor. UFC buni tez orada elon qiladi".
Havola :
Manba : TMZ Sports
Fikrlar