So’nggi yangiliklar

18:34Холанд шахматга сармоя киритмоқда 0 18:13Асламжон Ортиқовнинг ONE FC лигасидаги жанги тасдиқланди + ПОСТЕР 0 17:52Том Аспиналл Алекс Перейра билан жанг учун гонорарини кўтаришларини истайди 0 17:31Мовсар Евлоев Дана Уайтга: "Шунисига ҳам раҳмат!" 0 17:10Пеп Гвардиолада навбатдаги рекорд! 0 16:49Нганну билан жанг учун Верховенга кўпроқ пул таклиф қилишди, аммо... 0 16:28Головкин XXI асрнинг энг яхши ўрта вазнлилар рейтингида "Канело"ни ортда қолдирди 0 16:07Octagon чемпиони Шоҳасан Мирзаматовга кескин "ответ" қилди 0 15:46Нидерландия ЖЧ-2026 учун уй ва сафар либосини тақдим этди 0 15:25Алжамейн Стерлинг Мовсар Евлоев - Лерон Мёрфи жангидаги ҳакамликни танқид қилди 0 15:04Хабиб Нурмагомедов Овечкиннинг 1000-голига муносабат билдирди 0 14:43Усик Украина футболида муҳим лавозимга тайинланди 0 14:22Зидан келишувга эришди 0 14:01Армонга айланган Олимпиада ёхуд ҳамон чемпионликка эришаётган мураббий 0 13:40Фьюри — Маҳмудов билан жанг ҳақида: у оғир аҳволда 0

09 apr 10:00
Yangiliklar

Boks/MMA

Menejer Isroil Madrimovning rejalari bilan o'rtoqlashdi

Birinchi o'rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov (10-0-1, 7 KO) mutlaq jahon chempionligini ko'zlayapti.

Madrimovning menejeri Vadim Kornilov shu haqda gapirib, rejalarga to'xtalib o'tdi. Yaqinda amerikalik bo'ydor bokschi Sebastyan Fundora avstraliyalik Tim Czyuni mag'lubiyatga uchratib, birinchi o'rta vazndagi WBC va WBO chempionlik kamarlarini qo'lga kiritgandi. Uning jamoasi Czyuga revansh berishni hamda sobiq chempion Errol Spens bilan jang o'tkazish bo'yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.

"CHempionlar chempionlar bilan jang qilsin. Aynan shu narsani muxlislar va keng boks ommasi xohlayapti. Odamlar Fundoraning uch martta Czyu bilan jang o'tkazishini yoki Spensga qarshi ringga ko'tarilishini istamaydi. Sebastyan, ular bilan bitta jang etadi. Sen chempionlar bilan jang qil", — dedi Kornilov. 

Vadim Kornilovning so'zlariga ko'ra, Madrimovning navbatdagi jangi bo'yicha allaqachon muzokaralar boshlangan. CHarm qo'lqop ustamiz kuchli bokschilarga qarshi janglarda o'zining nimalarga qodirligini ko'rsatishga tayyor.  

"Biz eng katta jang ustida ishlayapmiz. Madrimov vaznning hamma chempionlari bilan jang qilishga tayyor. Ertami-kech bu holat ro'y beradi", — dedi menejer.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing