30 jan 09:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Menejer Maxachev qachon jang qilishini aytdi
UFC yarim o'rta vazn chempioni Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel-Aziz uning qachon jang qilishni istashi haqida xabar berdi.
"Islam may yoki iyun oyida jang qilishni istaydi. May oyida Nyuarkda turnir bo'lishi haqida eshitdim. SHuningdek, iyun oyida Oq uyda jang o'tkazish ham yomon bo'lmasdi. Buni muhokama qilamiz", — dedi Abdel-Aziz MMAJunkie’ga.
Eslatib o'tamiz, Maxachev so'nggi jangini noyabrdagi UFC 322 turnirida o'tkazib, avstraliyalik Jek Della Maddalenani hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etgandi.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar