So’nggi yangiliklar

13:57"Реал"нинг апелляцияси рад этилди — Маrca 0 13:05Адесанья Пайфердан учралган мағлубиятга муносабат билдирди 0 12:22Бугун Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири"даги иштирокини бошлайди 0 11:44Дана Уайт Макгрегорнинг қайтиши ва Махачевнинг навбатдаги жанги ҳақидаги саволга жавоб берди 0 11:00Салоҳ Италия чемпионатига қайтиши мумкин 0 10:19Арман Царукян Пулласни реваншда ҳам мағлуб этди 0 09:45Себастьян Фундора ва Кит Турман жанги 6-раундда якунланди 0 08:30UFC Fight Night 271. Исраэль Адесаньяни техник нокаутга учратишди 0 06:58Мадагаскар Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди 0 06:37Майами WTA 1000 турнири бош соврини ҳамда "лимон" кимга насиб этди? 0 06:16Мозес Итаума - Жермейн Франклин жангида нокаут қайд этилди 0 18:17"Учрашувда" — Царукян Нина Драма билан тушган сурати орқали Пулласни "тролл" қилди + ФОТО 0 17:29"Реал" "янги Вальверде"ни кузатмоқда 0 17:04Райан Гарсия навбатдаги рақиби ким бўлишини айтди 0 16:23Макгрегор Махачев ва Перейра жанглари савдосига кулиб қўйди 0

04 fev 14:40
Yangiliklar

Boks/MMA

"Menga UFC tizimi yoqadi". Xabib Dana Uayt bilan aloqalari haqida gapirdi

Engil vaznda UFC sobiq chempioni, rossiyalik Xabib Nurmagomedov tashkilot prezidenti Dana Uayt haqida gapirdi.

"Men Dana bilan muloqot qilaman. Menda u bilan yaxshi munosabatlar saqlanib qolgan. MMA dunyosidagi bazi odamlar uni yoqtirmaydilar. Lekin men uni juda hurmat qilaman. SHunchaki eslab ko'ring, oxirgi 25 yilda u qancha janglarni tashkil qildi, qancha buyuk janglar bo'ldi. Agar boksga qaraydigan bo'lsak, u erda ikki yirik bokchi o'rtasida jang tashkil qilish uchun yillar kerak bo'ladi, xuddi Pakyao va Meyvezer bilan bo'lgani singari. Ular 10 yil oldin jang qilishlari kerak edi, ammo 2015 yoki 2016 yilda jang qilishdi. O'sha paytda, ular faoliyatining "cho'qqi"sida emas edi.

Bunday misollar boksda talaygina, shunchaki, ikki bokschini to'g'ri vaqtda uchrashtirish kerak. Bundan tashqari, boksda tashkilotlar ham talaygina: WBC, WBO, WBA. Yana, kichik bir qadam bilan million divizion bor. Menga Dana Uaytning UFCdagi tizimi yoqadi. Agar sen eng zo'ri bo'lsang, eng zo'ri bilan jang qilishing kerak. Bundan muxlislar yutadi", — deb aytib o'tgan Xabib o'z intervyusida.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing