01 fev 19:20
Yangiliklar

Menga uning shaxsiyati turtki bo'ldi. Xabib Konor bilan jang haqida gapirdi
«Men bu jangni intiqlik bilan kutgandim. Men jang qilishni juda xohlardim, o'zimga juda ishonardim, chunki men butun umrim davomida shu bilan shug'ullanganman. Mening motivaciyam yuqoriroq edi. Bu bolalarning barchasi o'tmishda mag'lub bo'lgan, shuning uchun men uning hech qanday ustun tomoni yo'qligini bilardim. Konor bilan jang qilish uchun oktagonga kirganimda, odamlarga uning kimligini va men kimligimni ko'rsatishga harakat qildim. Biz butunlay boshqa odamlarmiz.
Bu sportga ham insoniy fazilatlarga ham tegishli. Men boshqa darajada ekanligimizni ko'rsatmoqchi edim, buni millionlab odamlarga isbotlamoqchi bo'ldim. Menga uning shaxsiyati va u nimaga intilayotgani turtki bo'ldi. Meni ko'p narsa oldinga undadi, bu millionlab odamlarga yoqdi. Men ularga biz butunlay boshqacha ekanligimizni ko'rsatmoqchi edim», - dedi Nurmagomedov.
Fikrlar