21 noy 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: Bronerdan keyin Meyvezer bilan erkakchasiga gaplashib olaman
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA Regular chempioni Menni Pakyao amerikalik Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangi o'tkazilishiga ishora qildi.
Filippinlik bokschi 19 yanvar kuni to'rtta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Edrien Bronerga qarshi ringga ko'tariladi. Kecha ushbu boks kechasiga bag'ishlangan matbuot anjumani o'tkazildi va unda so'zga chiqqan Pakyao aynan Broner bilan jangdan so'ng Meyvezer bilan revansh jangi yuzasidan erkakchasiga gaplashib olishini malum qildi.
“Biz Floyd bilan Yaponiyada ko'rishib qolganimizda revansh jangi yuzasidan gaplashdik. U bu jangning o'tkazilishiga qarshi emasligini bildirdi. Hozir birinchi galda men Broner bilan hisob-kitob qilib olishim kerak. SHundan keyin Floyd bilan muzokarani boshlayman”, - dedi 39 yoshli Pakyao.
Havola :
Fikrlar