18 iyu 17:13
Yangiliklar
Menni Pakyao - Floyd Meyvezer revansh jangi o'tkazilishga yaqin
Bu malumotni Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch ham tasdiqladi. Uning fikricha, Menni Pakkyao (58-6-2, 38 KO) yaqin kunlarda jangga tayyorgarlikni boshlaydi. Faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer (49-0, 26 KO) ham aynan shu jang uchun fikrini o'zgartirishi mumkin.
37 yoshli Pakyao aprel oyida amerikalik Timoti Bredlini mag'lubiyatga uchratganidan so'ng faoliyatini yakunlaganligini elon qilgandi. Ammo o'sha fikridan bir oy o'tib, Menni yana jang o'tkazish istagida ekanligini aytdi.
Bu ikki bokschi o'rtasidagi ilk jangni tashkil etish uchun 6 yil vaqt kerak bo'lgandi. Rouchning aytishicha, revansh jangi yuzasidan kelishib olish uchun ko'pi bilan ikki oy etadi. Boz ustiga, Mennining promouteri Bob Arum hamda Meyvezerning menejeri El Xeymon do'stona aloqada.
Fikrlar