23 iyu 12:10
Yangiliklar
Boks/MMA
Menni Pakyao jangga rozilik berdi, raqib ham malum
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao amerikalik Terens Kroufordga qarshi jang o'tkazishga rozilik berdi.
Bu malumotni dunyoga mashhur Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arum ham tasdiqladi. Ushbu kompaniya 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni bo'lgan Pakyaoning janglarini tashkil etib kelmoqda.
37 yoshli Menni amerikalik 26 yoshli Edrien Broner bilan jang o'tkazishni istagan edi. Lekin Bronerning jamoasi katta pul talab qilgani uchun muzokaralar to'xtab qolgandi. Krouford ertaga birlashtiruvchi chempionlik jangida ukrainalik Viktor Postolga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar