07 iyu 13:39
Yangiliklar
Boks/MMA

Menni Pakyao: "Spens bilan jang faoliyatimdagi eng qiyini"
42 yoshli ajoyib bokschi Menni Pakyao WBC va IBF kamarlari sohibi Errol Spens bilan bo'ladigan jangi haqida gapirdi.
"Men uchun Errol Spensga qarshi jang juda qiyin janglardan biri, balki faoliyatimdagi eng qiyini. Ammo, men umrim davomida anderdog bo'lganman. SHu sabab ham men juda ko'p ishlayman.
Butun filippinliklar va oilam uchun men bor kuchim bilan harakat qilaman. Millatim va barcha anderdoglar uchun kurashaman", - dedi Menni Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Spens va Pakyao o'rtasidagi jang 21 avgust kuni Las-Vegasda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar