01 may 18:39
Yangiliklar
Boks/MMA
Merab Dvalishvili Pyotr Yanga qarshi uchinchi jangni qachon o'tkazmoqchi ekanini aytdi
UFC sobiq chempioni gruziyalik Merab Dvalishvili amaldagi chempion Pyotr Yanga qarshi uchinchi jangni qachon o'tkazishni rejalashtirayotganini malum qildi.
"Agar biz iyul oyida jang qilmoqchi bo'lganimizda, UFC matchmeykerlari allaqachon qo'ng'iroq qilgan yoki bu haqda elon qilingan bo'lardi. Menimcha, UFC bizning jangimizni avgustga ko'chirmoqchi bo'lishi mumkin, lekin men hozirning o'zida ham tayyorman. Men chempion emasman va o'zim qo'ng'iroq qilib talab qila olmayman. Kamar Pyotrda, u oktagonga qachon qaytishni o'zi hal qiladi", — deya Dvalishvilining so'zlarini keltiradi jurnalist Ariel Xelvani.
Havola :
Manba : The Ariel Helwani Show
O’xshash yangiliklar
17:56
"Bu jangdan mano yo'q". Dvalishvili nima uchun Carukyan bilan jangga rad javobini berganini aytdi 0
Fikrlar