22 sen 13:01
Yangiliklar
Merab Dvalishvili UFC`ga murojaat qildi
"CHempion bo'lganimga roppa-rosa bir hafta bo'ldi. Men bu orzu va niyatimni amalga oshirish uchun 14 yil vaqt sarfladim. Manzil juda uzoq, mashaqqatli hamda imkonsizdek ko'ringandi. Haligacha bu yo'lni bosib o'tganimga ishonmayapman. Buning uchun Dana Uaytga rahmat aytmoqchiman. Meni Ring of Combat turnirida topmaganida, bu so'zlarni hozir aniq yozmayotgan bo'lardim. SHuningdek, Xanter Kempbell, matchmeykerlar SHon SHelbi va Mik Meynardga ham minnatdorlik bildiraman. Butun UFC oilasiga tashakkurimni izhor qilaman", - deya o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qoldirgan Merab.
Eslatib o'tamiz, Dvalishvili o'tgan hafta Las-Vegasda o'tgan UFC 306 turnirining markaziy jangida SHon O’Mellini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, amerikalik raqibining chempionlik kamarini tortib olgan edi.
Fikrlar