19 avg 09:08
Yangiliklar
O'q otish

Merganlarimiz Osiyo chempionatini kumush medal bilan boshlashdi
SHu kunlarda Qozog'istonning CHimkent shahrida o'q otish sporti turlari bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati bo'lib o'tmoqda.
Qitamizning 29 mamlakatidan 756 nafar sportchi ishtirok etayotgan musobaqaning ilk kungi bellashuvlarida O'zbekiston terma jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi.
Yoshlar o'rtasida kechgan 10 metrdan pnevmatik to'pponchadan otish dasturida hamyurtmiz Ilhombek Obidjonov kumush medalga sazovor bo'ldi. Merganimiz faqatgina hal qiluvchi pallada hindistonlik raqibiga imkoniyatni boy berdi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar