03 mar 09:37
Yangiliklar

Merida Open Akron final uchrashuvi "suxoy" hisobda yakunlandi
Hal qiluvchi final uchrashuvida dunyoning 10-raketkasi bo'lib turgan Emma Navarro hech qanday qarshiliksiz g'alaba qozondi. Amerikalik tennis malikasi WTA reytingida 133-pog'onada borayotgan kolumbiyalik raqibasi Emiliana Arangoga bitta ham geym bermadi - 6/0, 6/0.
Tennischilarning o'zaro ikkinchi uchrashuvida ham Navarro g'alaba qozondi. Bor yo'g'i 55 daqiqa davom etgan bahsda ikkala tennischi ham eys zarbasini ijro eta olmadi. Breyklar bo'yicha mutlaq ustunlik g'olib tennischi tomonida bo'ldi - 6 ga 0.
SHu tariqa, Navarro faoliyatidagi ikkinchi WTA turniri chempionligini qo'lga kiritdi. U Merida Open Akron musobaqasidagi muvaffaqiyatli ishtirokidan 500 reyting ochkosi hamda 164,000 AQSH dollari miqdorida mukofot pulini qo'lga kiritdi. Arango esa 325 ochko va 101,000 dollar ishlab oldi.
Fikrlar