23 may 07:17
Yangiliklar
Futbol

Messi faoliyatidagi eng sevimli golini aytdi
"Inter Mayami" futbolchisi Leo Messi faoliyati davomida o'zi urgan eng sevimli golini tanladi.
"Faoliyatim davomida ko'plab gollar urganman. Lekin bular orasidagi eng muhimi, qadri balandi ECHLda "Manchester Yunayted" darvozasiga bosh bilan urgan golim", - dedi argentinalik.
Bu golni Messi 2009 yilgi ECHL finalida "Barselona"da o'ynab yurgan paytlarida kiritgan. O'shanda jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongandi.
Rassom Refik Anadol suniy intellekt yordamida ushbu golni sanat darajasiga olib chiqadi va 11 iyun kuni aukcionda sotiladi. Bunda tushgan mablag' hayriyaga yo'naltiriladi.
Havola :
Fikrlar