10 avg 12:25
Yangiliklar
Futbol
Messining MLSdagi debyuti qoldirildi
MLS doirasida "Inter Mayami" va "SHarlott" jamoalari o'rtasida bo'lishi lozim bo'lgan o'yin 20 avgustdan boshqa sanaga qoldirildi.
Ushbu bahsda Messi MLS doirasidagi ilk o'yinini o'tkazishi lozim edi.
Aynan ushbu ikki jamoa 11 avgust kuni Ligalar kubogining chorak finali doirasida ham o'yin o'tkazishlari lozim. Ushbu o'yin g'olibi yarim finalda yoki 3-o'rin uchun bahsda qatnashadi. Mazkur o'yinlar 19 avgust kuni o'tkazilishi lozim. SHu sababli, 20 avgust kungi bahs boshqa muddatga qoldirildi.
Endi Messining MLSdagi debyuti katta ehtimol 26 avgust kuni "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi bahsda bo'ladi.
Havola :
Manba : MLS
Fikrlar