17 fev 17:09
Yangiliklar
Boks/MMA
Mett Mitrion Nelsonni mag'lub etib, yarim finalga chiqdi
Aralash qoidalar bo'yicha Bellator 194 turniri doirasidagi markaziy jang bo'lib o'tdi.
Og'ir vazn toifasida tashkil etilgan jangda Roy Nelson va Mett Mitrion o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Uch raundga mo'ljallangan jang g'olibi ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi.
Deyarli teng kurashlar ostida kechgan jang yakunida uchchala hakam ham 29-28, 29-28, 28-28 hisobida g'alabani Mett Mitrionga taqdim etishdi. Bu g'alabasi evaziga Mett Gran-Pri turnirining yarim finaliga chiqdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar