10 avg 17:54
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer bilan 2 jangda 6 mln dollar ishlagan Maydana faoliyatini yakunladi
Professional boksning ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni argentinalik 33 yoshli Markos Maydana faoliyatini yakunladi.
Maydana ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ko'p yillar mobaynida o'zini qo'llab-quvvatlab kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirgan. U endi murabbiylik faoliyati bilan shug'ullanmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Maydana o'zining so'nggi ikkita jangini afsonaviy Floyd Meyvezerga qarshi o'tkazib, har ikkisida ham mag'lubiyatga uchradi. SHunga qaramay, Markos bu ikki jangdan 6 million dollar atrofida pul ishlab oldi. Bu esa uning butun faoliyati mobaynida ishlab topgan gonoraridan ko'p deganidir.
Havola :
Fikrlar