31 dek 19:54
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/51616_220.jpg)
Meyvezer ishtirokidagi uzoq kutilgan jang bo'lib o'tdi FOTO
Bundan bir necha daqiqa avval Yaponiyaning Saitama shahrida uzoq kutilgan boks jangi bo'lib o'tdi.
Oqshomning markaziy jangida afsonaviy engilmas bokschi Floyd Meyvezer yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavaga qarshi ringga ko'tarildi. Boks qoidalari asosida o'tgan jang muddatidan avval yakunlandi.
Birinchi raundning ikkinchi daqiqasi o'tib borayotgan bir pallada Meyvezer to'g'ridan bergan zarbasi evaziga mezbon kikbokschini nokautga uchratdi. Amerikalik bokschi ushbu jang uchun 9 million dollar gonorar oldi.
Yani, avvaldan kelishilganidek, har bir raund uchun tashkilotchilar Floydga bir million dollar vada qilishgan edi.
Havola :
Fikrlar