09 apr 08:55
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/36612_220.jpg)
Meyvezer Lomachenko - Devis jangini tashkil etmoqchi
Afsonaviy Floyd Meyvezer ukrainalik jahon chempioni Vasiliy Lomachenko hamda istedodli bokschi Jervont Devis o'rtasida chempionlik jangi tashkil etish bo'yicha muzokaralarni boshlamoqchi.
Malumki, Floyd Mayweather Promotions promouterlik kompaniyasiga rahbarlik qilib kelyapti. Aynan u mijozi Devis hamda WBO chempioni Lomachenko o'rtasidagi jangni tashkil qilmoqchi bo'lyapti.
“Agar Devis Xesus Kueyyarni mag'lubiyatga uchratsa, uning keyingi raqibi Lomachenko bo'ladi. Men Top Rank kompaniyasi rahbari Todd Dyubef bilan ilk muzokarani olib bordim. Menimcha, u ham bu jangning o'tkazilishiga qarshi emas”, – dedi Meyvezer.
O'z o'rnida bu malumotni Top Rank rahbari Dyubefning o'zi ham tasdiqladi. Lomachenko 12 may kuni Nyu-Yorkdagi Madison Square Garden arenasida WBA chempioni Xorxe Linaresga qarshi ringga ko'tariladi. Devis esa 21 aprel kuni Kueyyarga qarshi ringga ko'tariladi.
Havola :
Fikrlar