18 jan 20:23
Yangiliklar
Boks/MMA

Meyvezer - o'n yillikning eng yaxshi bokschisi!
Faqat boks haqida yozuvchi Amerika jurnalistlar associaciyasi (BWAA) so'nggi o'n yillikning eng yaxshi bokschisini elon qildi.
So'rovnomada eng ko'p ovoz to'plagan amerikalik Floyd Meyvezer "O'n yillik bokschisi" deb topildi. Faoliyatini mag'lubiyat nimaligini bilmay yakunlagan Floyd ushbu nominaciyada zamonamizning mashhur bokschilari - Menni Pakyao, Saul Alvares, Andre Uord va Vladimir Klichkoni ortda qoldirdi.
"O'n yillikning eng yaxshi bokschisi deb topilganim uchun Associaciyaga rahmat aytmoqchiman. Matbuotning etirofini olish men uchun katta sharaf. Ikki yoshimdan beri boksdaman va bu sport turi mening hayot mazmunim bo'lib qolaveradi", - dedi Meyvezer.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar