06 mar 07:44
Yangiliklar
Boks/MMA
Meyvezer Xabibga qarshi ringga chiqadi, faqat o'zi aytgan gonorar evaziga!
Mag'lubiyat nimaligini bilmay faoliyatini yakunlangan bokschi Floyd Meyvezer bitta shart bilan ringga qaytishini malum qildi.
"Men bir necha marotaba faqat ikki ism-sharif haqida gapiraman: Konor Makgregor va Xabib Nurmagomedov. Bu jangning bahosi - 600 million dollar. Tavakkalning bahosi kichkina summa bo'lmaydi. Axir men qandaydir "pachoq" bokschiga qarshi jang qilmaymanku! Qolaversa, men ham oddiy inson emasman. Konorga qarshi jangim esingizdan chiqmagan bo'lsa kerak", - deya Meyvezerning so'zlarini keltirmoqda Mirror nashri.
Eslatib o'tamiz, 2017 yilning avgust oyida Meyvezer boks qoidalari asosida o'tkazilgan jangda Makgregorni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport
Fikrlar