02 avg 14:05
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/2180_220.jpg)
Meyvezer yo'qolib qoldi va 12 soatdan so'ng topildi
Professional boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, ayni paytda murabbiylik faoliyatini olib borayotgan 55 yoshli Rojer Meyvezer yo'qolib qoldi.
Oradan 12 soat o'tib esa, Las-Vegas policiyasi uni topishga muvaffaq bo'ldi. Rojer afsonaviy amerikalik bokschi Floyd Meyvezerning amakisi xisoblanadi.
Rojer qandli diabet va boshqa ko'plab kasalliklardan aziyat chekib kelyapti. Murabbiyning yo'qolib qolishi birinchi marotaba sodir bo'lmayapti. Yaqinda Floydning o'zi ham shunday holat haqida gapirib bergandi. Xuddi avvalgilarida bo'lgani kabi, bu safar ham Rojer nima uchun uydan ketib qolganligini tushuntirib bera olmadi.
Havola :
Fikrlar