16 mar 14:15
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Bugun tennis malikalarimiz o'z yurishlarini boshlaydilar
Bugun AQSHning Mayami shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil qiluvchi nufuzli turnir start oladi.
Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning birinchi hamda ikkinchi raketkalari - Kamilla Rahimova va Mariya Timofeeva ham o'z omadini sinab ko'radi. Ularning har ikkisi ham bugun saralashning ilk davra uchrashuvini o'tkazadi.
Rahimova 1/2 finalda franciyalik Leoliya Janjanga qarshi kortga chiqadi. Uchrashuv bizning vaqt bilan soat 19:00da boshlanadi. Ikkinchi raketkamiz Mariya Timofeeva esa avstraliyalik Lulu Sunga qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahsning boshlanishi soat 22:00ga belgilangan.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova WTA reytingida 82, Janjan 123, Timofeeva 150, Sun 111-o'rinni egallab turibdi. Har ikki tennischimiz raqibalari bilan ilk bor to'qnash kelishadi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar