18 mar 12:53
Yangiliklar
Tennis
Miami Open. Rahimova saralashning final uchrashuvida kortga chiqdi
AQSHning Mayami shahrida WTA 1000 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 9 mln 415 ming 725 dollarni tashkil qiluvchi nufuzli turnirning saralash bahslari yakunlandi.
Musobaqaning saralash bahslarida mamlakatimizning birinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/2 finalda franciyalik Leoliya Janjanni 6/7(1), 7/5, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgandi.
Afsuski, asosiy to'rga yo'llanma bergan final uchrashuvida u dunyoning 68-raketkasi, avstraliyalik 21 yoshli Talia Gibsonga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. To'qson sakkiz daqiqa davom etgan bahsda Gibson 6/3, 6/4 hisobida zafar quchdi.
Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova WTA reytingida 82, Gibson 68-o'rinni egallab turibdi. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar